Asensio uchun kurashga "Tottenxem" ham qo‘shildi

  • 11 dekabr, 2018, 20:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi "Real" Madrid vingeri Marko Asensio uchun kurash boshladi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shporlar” allaqachon bu masalada 22 yoshli ispaniyalik futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqishgan ham ulgurishgan.

Aytish kerakki, Asensio uchun “Tottenxem”dan tashqari shuningdek “Liverpul” va “Yuventus” klublari ham da’vogarlik qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, Asensio joriy mavsum “Real” safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!