Asensio va Arbeloa oʻrtasidagi mojaroga nima sabab boʻldi?
"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa va himoyachi Raul Asensio oʻrtasida 11 mart kuni boʻlib oʻtgan Chempionlar Ligasi 1/8 finalining "Manchester Siti"ga qarshi birinchi oʻyinida (3:0) futbolchi asosiy tarkibga kiritilmaganini bilganidan keyin mojaro kelib chiqdi. Asensio oʻtgan mavsumda "shaharliklar" bilan uchrashuvlarda oʻzini yaxshi koʻrsatganligi uchun asosiy tarkibda maydonga tushishga loyiq deb hisobladi. Bu haqida AS xabar bermoqda.
Manba maʼlumotlariga koʻra, Asensio shaxsan Arbeloga norozilik bildirgan, murabbiy buni intizomsizlik deb baholagan. Suhbat davomida 23 yoshli himoyachi bir necha bor jarohatlar bilan oʻynaganini, chunki boshqa futbolchilar mavjud emasligini taʼkidladi.
Taʼkidlanishicha, keyinchalik Asensio Arbeloadan uzr soʻragan, biroq shunda ham maydonga tushmayapti. Ayni paytda "qaymoqranglilar" tarbiyalanuvchisining klubdagi kelajagi noaniq.
Abduvaliev Azizbek
Fikrlar