Asensionga ishonch bildiriladi

  • 11 oktabr, 2022, 15:17
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Marko Asensio bugun yangi mavsum doirasida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushadi. Ispaniyalik futbolchi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turidan o‘rin olgan Donetskning "Shaxtyor"iga qarshi o‘yinni dastlabki daqiqalardan boshlaydi. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "Xetafe"ga qarshi La Liganing so‘nggi turini o‘tkazib yuborgan Toni Kroos, Luka Modrich, Rodrigo, Eduardo Kamavinga va Karim Benzema kabi futbolchilar ham bellashuvni asosiy tarkibda boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Asensioning "qirollik klubi" bilan shartnomasi yozda tugaydi. Avvalroq matbuotda uni "Barselona"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!