Aspinell UFC sobiq chempionini qiyinchiliksiz engdi (video)
Biroz avval, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las Vegas shahrida "UFC Vegas 19" turniri yakunlandi. Ushbu musobaqaning asosiy kardini ochib bergan jang UFCning og‘ir vazndagi sobiq chempioni Andrey Orlovski va Tom Aspinell o‘rtasida kechdi.
Tom birinchi raundda ham nokautga yaqin kelganiga qaramay, Orlovskining tajribasi to‘qnashuv muddatini biroz uzaytirdi. Ikkinchi raundni faol boshlashga uringan chempion tezkor teyk-daun qabul qilib oldi. Raund yarmida Andrey Orlovski mag‘lub bo‘lganini bildiruvchi signalni berdi.

Fikrlar