
Asror Aliqulov: "Ikkinchi bo‘limda gollar urganimizdan keyin ancha osonroq bo‘ldi"
Pro liganing 16-turida “Mash’al” o‘z maydonida “Aral”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bellashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Birinchi bo‘lim juda og‘ir o‘tdi. Futbolchilar mag‘lubiyatdan keyin o‘zlarini ruhan jilovlay olmadilar. Xatolar bo‘ldi va “Aral” jamoasidan juda yopiq himoyaviy o‘yin, qarshi hujum taktikasini qo‘lladi. Vaziyatni o‘zgartirishga harakat qildik. Zich himoyalanishdi. Ikkinchi bo‘limda gollar urganimizdan keyin ancha osonroq bo‘ldi, yana vaziyatlar yaratdik. G‘alabaga hissasini qo‘shgan har bir futbolchiga minnatdorchilik bildiraman va ularni tabriklayman.
- Zaxiradan maydonga tushirilgan 20-raqamli futbolchi adashmasam debyut o‘yinini o‘tkazdi. Ammo uni ikkinchi bo‘limda almashtirdingiz. Unga uchrashuvni to‘liq o‘tkazish uchun nimalar etishmadi?
- Jamoaga yangi qabul qilingan. Bu birinchi o‘yini bo‘ldi. Hujumga o‘tishda futbolchilar bilan bir-birini unchalik tushunishmadi, desam to‘g‘riroq bo‘ladi. Keyingi uchrashuvlarda ham yana ko‘ramiz. U tezroq jamoamizga kirishib ketishini xohlardim. Ammo bugungi o‘yindan kelib chiqib, biz hujumkorlikni oshirishimiz kerak edi. Shu bois uni zaxiraga olishga qaror qildik.
Fikrlar