Asror Aliqulov: "Mash’al" baribir o‘zining avvalgi mavqeiga qaytadi"

  • 16 mart, 12:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Dinamo" - "Mash’al" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etib, fikrlarini bildirdi.

"Birinchi bo‘limda Superliga starti bilan bog‘liq futbolchilarda hayajon kuzatildi. Kirishib ketishda qiyinchiliklarga duch keldik. "Dinamo"ning kuchli tomoni qanotlar. Biz ko‘proq qarshi hujum maqsadi bilan reja tuzgandik. Bo‘lim oxirida o‘tkazib yuborilgan gol boshqacharoq uslubga olib keldi. Vaziyatlar yarata oldik, biroq gol urish nasib etmadi. Birinchi o‘yin uchun yomon o‘yin ko‘rsatmadik. 

Rejalarimiz? Sharoit borasida muammo yo‘q. Biz Superligada eng kam smetaga ega bo‘lgan klublardan birimiz, biroq bu amalda hech narsani anglatmaydi. Klub uchun qo‘yilgan talab Superligaga chiqdikmi, munosib o‘ynash. "Mash’al" baribir o‘zining avvalgi mavqeiga qaytadi. 

Akademiyamiz yopilayaptimi? Qiyinchiliklar bo‘lgani rost. Lekin hozir akademiya to‘liq ishlamoqda", - deydi Asror Aliqulov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!