
"Aston Villa" "Chelsi" himoyachisini o‘z tarkibiga qo‘shib olish arafasida
"Chelsi" futbolchisi Aksel Disasi Angliyaning boshqa bir klubi "Aston Villa"ga o‘tishga yaqin turibdi.
Fabritso Romano xabar berishicha, himoyachi birmengimlkar safiga ko‘chib o‘tishni istamoqda va klub bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, endi "aristokratlar" va "Aston Villa" o‘rtasida muzokaralar boshlanishi kutilmoqda. London klubi futbolchini ijaraga berishi mumkin.
Disasi ushbu mavsum "Chelsi" safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshdi.
Fikrlar