
"Aston Villa" Uotkinsni sotish niyatida emas – "Manchester Yunayted" yana rad javob oldi
Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" "Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkins bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlagan. Biroq, The Telegraph nashrining xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi "qizil iblislar" safiga o‘tmaydi.
Manbaning ma’lum qilishicha, birmingemliklar MYuni Uotkins transferi bo‘yicha keskin rad etgan — hujumchi hech qanday narxga sotilmaydi. Jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri unga asosiy loyiha doirasida muhim figura sifatida qaraydi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda "Aston Villa" APLda 6-o‘rinni egallab, Evropa ligasiga yo‘llanma olgan.
Fikrlar