“Aston Villa”ga yaqinda kelgan Reshford boshqa ligadan jamoa tanladi

  • 18 fevral, 12:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted”ni portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim qabul qilib olganidan keyin jamoani tark etishga majbur bo‘lgan Markus Reshford Angliya Premer-ligasining boshqa klubidan qo‘nim topgan edi.

Manchesterlik hujumchini “Aston Villa” yozgacha ijaraga oldi.

Aslida Markus faqat “Barselona”ga o‘tishni maqsad qilgan edi. Biroq moliyaviy qiyinchiliklar kataloniyaliklarga bu transferni amalga oshirish imkonini bermadi.

The Sun nashrining yozishicha, Reshford Kataloniyaga ko‘chib o‘tish fikridan qaytmagan.

- Markus agar “Aston Villa”da yuqori sport formasini tiklab olib, gollar ura boshlasa, “Barselona” unga bo‘lgan munosabatini qayta tiklashiga ishonchi komil.  Bu hujumchi uchun katta stimul, “Aston Villa”ga foyda bo‘ladi. Chunki bu hujumchi imkon qadar ko‘proq gol urishga harakat qila boshlaydi, - deb yozdi The Sun nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!