"Atalanta" yangi hujumchi sotib oldi

  • 22 sentabr, 2020, 15:43
  • 0
  • Futbol

"Atalanta" o‘zining rasmiy saytida PSV hujumchisi Sam Lammersning transferini e’lon qildi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining transferi bergamoliklarga 9 million evroga tushgan. Uning o‘zi esa, klub bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolagan.

Lammers PSV tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!