
"Atletik" PSJdan sotib olgan futbolchisi bilan yangi shartnoma imzoladi
Bilbaoning "Atletik" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali himoyachi Yuri Berchiche bilan amaldagi shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 31 yoshli ispaniyalik futbolchi “Atletik” bilan shartnomasini 2024 yilga qadar uzaytirgan.
Ma’lumot uchun, Berchiche "Atletik" safiga 2018 yilning yozida PSJdan 24 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.
Yuri joriy mavsum birorta ham o‘yinda ishtirok etmadi. Boisi u jarohatidan hali to‘liq forig‘ bo‘lgani yo‘q.
Fikrlar