"Atletiko" - "Liverpul" va "Borussiya D" - PSJ uchrashuvlarini qaysi hakamlar boshqaradi?
UEFA Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan joriy haftadagi o‘yinlarni boshqaradigan hakamlar nomini e’lon qildi.
Tashkilot rasmiy saytining xabar berishicha "Borussiya" va PSJ uchrashuvini ispaniyalik hakam Antonio Migel Mateu Laos boshqaradi.
"Atletiko" - "Liverpul" bahsi esa polshalik Shimon Marchinyakga ishonib topshirildi.
"Tottenxem" va "RB Leyptsig" o‘yinida turkiyalik Jyuneyt Chakir ishlaydi.
"Atalanta" - "Valensiya" uchrashuvida angliyalik Maykl Oliver bosh hakamlik qiladi.

Fikrlar