"Atletiko" bosh direktori: Grizmann "Barselona"ga o‘tadi

  • 13.06.2019 10:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Atletiko" klubi bosh direktori Migel Anxel Xil Marinning so‘zlariga ko‘ra hujumchi Antuan Grizmann "Barselona"ga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda Sport.es xabar tarqatmoqda.

“Grizmann faoliyatini qaerda davom ettirmoqchiligini allaqachon bilganman. Bu martdayoq ma’lum bo‘lgan. U “Barselona”ga o‘tadi”, - deydi Xil Marin.

Eslatib o‘tamiz, shartnomaga ko‘ra 1 iyul kuni 28 yoshli frantsiyalik futbolchining tovon puli 200 milliondan 120 millionga tushadi.

Ma’lumot uchun, Grizmann yakunlangan mavsum “Atletiko” safida jami 48ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 21ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!