
"Atletiko" etakchi hujumchilari jamoadan ketsa nima qiladi?
Madridning "Atletiko" klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida "Inter" hujumchisi Mauro Ikardini sotib olmoqchi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "matraschilar" agar Antuan Grizmann yoki Diego Kosta kabi etakchi hujumchilaridan biri jamoani tark etgan taqdirda, aynan argentinalik forfardni sotib olishga urunib ko‘rishadi.
Ta’kidlash lozimki, agar madridliklar Ikardini qo‘lga kirita olishmasa, Lorentso Insine (“Napoli”) yoki Luka Yovichdan (“Ayntraxt”) birini sotib olishadi.
Ma’lumot uchun, Ikardi bu mavsum “Inter” safida jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Grizmann “Barselona”ga, Kosta esa Xitoy klubiga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar