"Атлетико" yetakchisi mashg‘ulot paytda jarohat olib, lazaretga tushdi

  • 23.01.2026 23:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Atletiko" jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann jarohat sabab lazaretga joylashtirildi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Grizmann juma kuni bo‘lib o‘tgan mashg‘ulot paytida jarohat olgan. Tekshiruvlar 34 yoshli fransiyalik futbolchining chap son mushagida engil shikast borligini ko‘rsatgan. "Matraschilar" Antuanning qachon safga qaytishi borasida aniq muddatlarni ochiqlamagan.

2025/2026 yilgi mavsumda Antuan Grizmann barcha musobaqalar doirasida 30 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ayni paytda "Atletiko" Ispaniya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Diego Simeone shogirdlari navbatdagi o‘yinni 25 yanvar kuni o‘z maydonida "Malyorka"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!