"Atletiko" ketma-ket 8-marta EChLda o‘ynaydigan bo‘ldi
“Atletiko” Madrid kecha La Liganing 36-turida “Betis” (1:0) ustidan g‘alaba qozonib, yangi mavsumda o‘zi uchun UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi yo‘llanmasini naqd qildi.
E’tiborlisi, “matraschilar” shu tariqa qatorasiga 8-marta, o‘z tarixlarida esa 16-marta EChLda ishtirok etadigan bo‘lishdi.
“Atletiko” ayni damda La Liga musobaqa jadvalida 66 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar