"Atletiko" "Real" darvozabonini sotib olmoqchi

  • 4 iyun, 2024, 18:05
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real"da ajoyib mavsum o‘tkazgan Andrey Luninni yozgi transferlar oynasida boshqa klubga ko‘chib o‘tishi mumkin. Unga "Atletiko"dan jiddiy qiziqish bor, deya xabar bermoqda "Relevo" nashri. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, bu yozda "matraschilar" tarkibini Yan Oblak  tark etish ehtimoli yo‘q emas. Agarda sloveniyalik posbon ketsa, uning o‘rniga madridliklar Luninni olib kelishga harakat qiladi. 25 yoshli futbolchi bunga qarshi bo‘lmasligi mumkin, chunki u asosiy darvozabon bo‘lishni istaydi. 

Andrey 2018 yili "Real" bilan shartnoma imzolagan. Shundan so‘ng uni klub "Leganes, "Real Valyadolid" va "Real Ovedo" kabi klublarga ijaraga bergandi. Ushbu mavsum boshida Tibo Kurtua o‘rniga kelgan Kepa Arrisabalaga ham jarohat olganidan so‘ng Lunin katta sahnaga chiqdi. 

Ukrainalik posbonning "qaymoqranglilar" bilan tuzgan bitimi 2025 yilgacha amal qiladi. U hali yangi shartnoma borasida klub bilan kelishib olmagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!