"Atletiko" safarda "Malorka" ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi (video)

Ispaniya La Ligasining 34-turida “Atletiko” safarda “Malorka”ga qarshi bahs olib bordi.

Shu kuni Rodrigo Rikelmening 5-daqiqada kiritgan yagona goli Diego Simeone shogirdlarining minimal hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “matraschilar” o‘z hisobidagi ochkolar sonini 67 taga etkazib olgan holda 4-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Malorka” esa 36 ochko bilan mos ravishda 16-pog‘onada bormoqda.

“Atletiko” La Liga doirasidagi navbatdagi bahsini 12 may kuni o‘z maydonida “Selta”ga qarshi o‘tkazsa, “Malorka” 11 may kuni safarda “Las-Palmas”ga qarshi bahs olib boradi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!