"Atletiko" Simeone davridagi eng yomon startni amalga oshirdi
"Atletiko" Ispaniya La Ligasi 17-turidan o‘rin olgan uchrashuvni "Almeriya" maydonida o‘tkazdi va 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Bu orqali ochkolari sonini 28 taga etkazib olgan madridliklar bosh murabbiy Diego Simeone davridagi eng yomon natijani qayd etmoqda. Argentinalik mutaxassis 2011 yilning dekabr oyida klubga kelganidan buyon natijalar bu qadar past bo‘lmagandi.
Bungacha "matraschilar" 2011/12 yilgi mavsumda shunday muvaffaqiyatsiz start olgandi. O‘shanda Gregorio Mansano boshqaruvidagi jamoa 17 o‘yindan keyin 20 ochko jamg‘argan.
Simeone shogirdlari ayni paytda La Ligada 4-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar