
"Atletiko" ustozi "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindan oldin zo‘r gaplarni gapirdi
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone UEFA Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida "Manchester Siti"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz qo‘llayotgan taktikamizdan uzoqlashmoqchi emasmiz. Imkoniyatlarni topib, vaziyatlar yaratishimiz kerak. Umid qilamanki, biz yaxshiroq o‘ynaymiz, himoyadan hujumga tezroq o‘tamiz va mavjud qarshi hujumlardan yaxshiroq foydalanamiz.
Futbolchilar bu kechani ajoyib o‘tkazishadi degan umiddaman. Bizda juda katta motivatsiya bor va bu kabi o‘yinlarda hamma narsa bo‘lishi mumkin”, — dedi argentinalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, birinchi uchrashuvda “shaharliklar” 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Javob o‘yini ertaga, 13 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar