"Atletiko" "yangi Ronaldu" uchun kurashda "Real"ni dog‘da qoldirdi

  • 21 iyun, 2019, 16:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Benfika” vingeri Joau Felish uchun Madridning ikki grandi – “Real” hamda “Atletiko” o‘zaro kurash boshladi.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “qirollik klubi” 19 yoshli “yangi Ronaldu” uchun lissabonliklarga 80 million evro va unga qo‘shimcha 50 million evro bonus taklif qilgan. Madridliklar shu tariqa futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 120 mln evrolik tovon pulidan ham ko‘proq taklif qilishgan. Biroq, “Benfika” rahbariyati “Real” bilan bu boradagi muzokaralar o‘tkazishni rad etdi. Qolaversa, Felishning o‘zi ham bu transferga qiziqish bildirmadi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda Joau Felish “Atletiko” futbolchisiga aylanadi. “Matraschilar” uni 120 mln evro evaziga sotib olishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!