“Atletiko” yuz o‘girgan Grizmanni ikki superklub chaqirmoqda
“Barselona”ni tark etishi kutilayotgan Antuan Grizmann “Atletiko”ga qaytishi haqida xabarlar tarqatildi. Biroq, madridlik muxlislar bir necha mavsum oldin ashaddiy raqib safiga o‘tib ketgan hujumchining ortga qaytishiga qarshilik qildi va bu transfer amalga oshmaydigan bo‘ldi.
Bundan tashqari, kataloniyaliklar ham "Atletiko" kuchayib ketmasligi uchun frantsiyalik hujumchini Madridga jo‘natish fikridan qaytdi.
Grizmanning o‘zi “Atletiko”ga qaytishni istayotganiga qaramay, boshqa klub tanlashga majbur.
Albatta, Grizmann darajasidagi hujumchi ishsiz qolmaydi. Unga da’vogarlar safiga “Manchester Yunayted” va “Chelsi” qo‘shildi. Aslida bu ikki klub Harri Keynni olishni orzu qilyapti. Biroq “Tottenxem” rahbariyati asosiy to‘purarini olib qolish maqsadida xaridorlarga to‘g‘ri kelmaydigan narx talab qilmoqda.
Shu bois, Angliya grandlari markaziy hujumchi masalasini Grizmann transferi orqali hal qilishi mumkin.

Fikrlar