"Atletiko"da "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan yo‘qotishlar bor
"Atletiko" jamoasi "Barselona"ga qarshi uchrashuv oldidan bir qancha yo‘qotishlarga duch keldi. Qayd etilishicha, klub tarkibidagi Grizmann, Lorente va Kondogbia kabi futbolchilar 6 mart kunidagi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Ushbu o‘yinchilar mushaklardagi jarohat sabab markaziy uchrashuvda maydonga tusha olmasliklari aytilmoqda. Hozirda ular tiklanish jarayonidan to‘liq qutulib ulgurmagan.
Eslatib o‘tamiz, uchala futbolchi ham bundan oldingi bahslarda jamoasi uchun yordam bera olmagandi.
Ma’lumot o‘rnida, "Barselona" - "Atletiko" 6 mart kuni 20:15da start oladi.

Fikrlar