“Australian Open – 2018”: Uchinchi davra bahslari davom etadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun, 20 yanvar kuni “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining oltinchi kungi bahslarida uchinchi davra bahslari o‘tkaziladi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Mariya Sharapova (Rossiya) – Anjelik Kerber (Germaniya), Simona Xalep (Ruminiya) – Loren Devis (AQSh), Eshli Barti (Avstraliya,) – Naomi Osaka (Yaponiya), Ana Bogdan (Ruminiya) – Medison Kiz (AQSh), Lyusi Shafarjova (Chexiya, 29) – Karolina Plishkova (Chexiya),  Se Su-Vey (Tayvan) – Agneshka Radvanska (Polsha), Aleksandra Sosnovich (Belarus) – Karolin Garsiya (Frantsiya) o‘rtasidagi uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Erkaklar o‘rtasida esa Rishar Gaske (Frantsiya) – Rojer Federer (Shveytsariya), Dominik Tim (Avstriya) – Adrian Mannarino (Frantsiya),  Novak Jokovich (Serbiya – Albert Ramos (Ispaniya),  Jyulen Benneto (Frantsiya) – Fabio Fonini (Italiya), Tomash Berdix (Chexiya – Xuan Martin Del Potro (Argentina) o‘zaro raqobatlashadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!