Avliyoxon Hamidov: "UFCda jang qilishim mumkin edi"

  • 9 fevral, 2022, 19:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Ma’lumki, 19 fevral kuni Toshkentda U1 hamda Qozog‘istonning "Oktagon" promousheni hamkorligida katta MMA kechasi tashkil etiladi. 

Tecno

Mazkur turnirda bir qator yurtimizning mashhur MMA vakillari oktagonga ko‘tariladi. Ular orasida o‘ta engil vazn (61.2 kg) toifasida faoliyat yuritadigan, mashhur jangchilarimizdan biri Avliyoxon Hamidov (10-3-1) ham bor. 

Ushbu hamyurtimiz Toshkentda rossiyalik Ruslan Rustamovga qarshi bahs yuritadi. Avliyoxon so‘ngi jangini 2021 yil 15 yanvarda Abu-Dabi mezbonligidagi UAE Warriors promousheni tashkil qilgan turnirda kanadalik Luis Jordeynga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan edi. Qiziq jihati, ushbu turnirni bevosita UFC prezidenti Dana Uayt hamda Habib Nurmagomedov kuzatib borgan va ushbu jangdan so‘ng, yurtdoshimizni jahonning nufuzli promousheniga o‘tishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Biroq, bu borada oldinga siljish kuzatilmadi.

Biz ushbu savollarga javob olish uchun Avliyohon Hamidov bilan bog‘landik. 

- 19 fevral kuni Toshkentda jang qilaman. Raqibim borasida faqat ijobiy fikrlarni bildirish mumkin. Ha, BAAda jang o‘tkazganimdan keyin, yaxshi fikrlar bildirildi va UFCda ham jang qilishim mumkin edi. Biroq, viza bilan bog‘liq muammolar tufayli, bu amalga oshgan yo‘q. Ammo harakat qilmoqdamiz va nasib qilsa, jahonning mashhur promoushenlarida ham jang o‘tkazamiz, degan umiddaman. Hozircha bor e’tiborim 19 fevral kungi jangga qaratilgan. Tayyorgarlik a’lo darajada va Toshkentdagi jangda ham chiroyli g‘alaba bilan barchani xursand qilaman, degan niyatdaman. 

273184886_309573531008617_6210860885111547876_n

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!