Axbor Imomxo‘jaev XT: Ertaga musobaqaga qur’a tashlanadi

  • 30.06.2023 19:26
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Axbor Imomxo‘jaev xotira turnirida avval xabar berilganidek 8 ta jamoa ishtirok etishi aniq bo‘lib ulgurdi: “Paxtakor” (faxriylar), “Tong” (faxriylar), O‘FA (faxriylar), “Jurnalist” (faxriylar), shuningdek, Championat.asia, Sports.uz, “Sharhlovchi”, “Sulola”.

Musobaqa nizomiga ko‘ra, faxriy jamoalar alohida qolgan to‘rt jamoa alohida dastlabki uch kun davomida o‘zaro maydonga tushadi. Musobaqaning so‘nggi kunida esa guruhlardagi jamoalar o‘zaro o‘rinlar uchun saf tortadi.

Ertaga soat 16:00 da har bir jamoa vakili “Bunyodkor” stadionida yig‘ilishi ko‘zda tutilgan. Jamoalar qaysi turda o‘zaro raqib bo‘lishi masalasiga, shuningdek, musobaqaga oid savollarga ertaga oydinlik kiritib o‘tiladi.

setka

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!