
"Ayaks" - 35 karra Niderlandiya chempioni!
Niderlandiya Erediviziyasida yangi chempion nomi ma’lum bo‘lib ulgurdi. 31-tur doirasida "Emmen"ni o‘z uyida qabul qilgan "Ayaks" raqibini 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Tur doirasida eng yaqin ta’qibchi hisoblangan PSVning ham ochko yo‘qotishi oqibatida, amsterdamliklar bilan oradagi farq etib bo‘lmas holatga kelib qoldi.
Shu tariqa, "Ayaks" Niderlandiyaning 35 karra chempioniga aylandi. So‘nggi 10 yil davomida poytaxt klubi 5 marotaba milliy liga g‘olibligiga erishdi.
Bu boradagi eng yaqin ta’qibchi ham PSV Eyndhoven sanaladi. Ularda 24 ta chempionlik mavjud.
Fikrlar