Ayni damda UFC ning eng yaxshi jangchisi kim?
Taniqli MMA jangchisi Xorxe Masvidal UFC ning eng yaxshi jangchisi kim ekanini aytdi.
“Menimcha, Maxachev — parterda eng zo‘ri. Parterdagi nazorat va usullar borasida unga teng keladigan yo‘q, u haqiqiy yirtqich. Shu bilan birga, u "stoyka"da ham kuchli zarbalar yo‘llay oladi. Hech ikkilanmasdan aytaman, hozir Islam — UFC ning eng yaxshi jangchisi”, — dedi Masvidal "Death Row MMA" podkastida.
Eslatib o‘tamiz, Islam Maxachev 16 noyabr kuni "UFC 322" turnirida avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Fikrlar