"Ayntraxt" Kolo-Muanining narxini oshkor qildi. Unga 3 ta grand klub qiziqmoqda
Kolo-Muani 100 million evro evaziga "Ayntraxt"ni tark etishi mumkin.
"L'Équipe" nashri bergan xabarga ko‘ra, 24 yoshli hujumchiga "Bavariya", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.
Dastlab, "Ayntraxt" hujumchi uchun 80 million evro olishni maqsad qilgandi, ammo frantsuzning muvaffaqiyatli o‘yinlari fonida uning narxi 100 million evrogacha ko‘tarildi.
Qayd etilishicha, agar klub Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, Muani yozda "Ayntraxt"ni tark etishi kutilyapti.
Hujumchi joriy mavsum nemis klubi tarkibida barcha turnirlar doirasida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol hamda 11 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar