"Ayntraxt" Yovich evaziga "Real"dan qaysi futbolchini so‘ramoqda?

  • 4 may, 2019, 13:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan avvalroq “Ayntraxt” forvardi Luka Yovich “Real”ga o‘tishi madridliklar esa uning transferi uchun 60 mln evro to‘lashlari borasida xabar berilgan edi.

Tecno

Biroq, Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frankfurtliklar serbiyalik to‘purarning transfer shartlarini o‘zgartirishga urinishmoqda. Nemis klubi o‘z safiga “Real” forvardi Mariano Diasni qo‘shib olmoqchi va uni Yovich transferining bir qismi sifatida rasmiylashtirmoqchi.

Ta’kidlash kerakki, 25 yoshli Dias “qirollik klubi”ning asosiy futbolchilaridan hisoblanmaydi va shu bois Madrid grandi “Ayntraxt”ning bu boradagi talabini qanoatlantirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!