Ayollar o‘rtasidagi Evropa chempionati ochilish o‘yiniga rekord darajadagi muxlis tashrif buyurdi

  • 7 iyul, 2022, 13:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha ayollar o‘rtasida Evropa chempionati musobaqasiga start berildi. Unda mezbon Angliya terma jamoasi Avstriyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda inglizlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

O‘yindagi yagona hal qiluvchi gol Bes Mead hisobiga yozib qo‘yildi. Avstriyaliklar ilk bahsni golsiz tark etdi. 

Ma’lumot o‘rnida, muhtasham "Uembli" o‘yingohida bo‘lib o‘tgan mazkur bellashuvga 68 871 tomoshabin tashrif buyurdi. Shu tariqa, bu musobaqa tarixidagi eng ko‘p muxlis qayd etilgan o‘yinga aylandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!