
Azar “Chelsi”ga xiyonat qilmadi
Yaqinda “Arsenal” rahbariyati “Real”da ishlari yurishmayotgan Eden Azarni o‘z safiga qo‘shib olish taklifi bilan chiqqandi.
“Kanonirlar”ning chorlovi ularning ashaddiy raqibi hisoblangan “Chelsi” muxlislarini junbushga keltirdi. Ular “Chelsi” safida porlagan belgiyalik futbolchiga “Arsenal”ni tanlasa, “aristokratlar”ga xiyonat qilgan bo‘lishini ta’kidlab, o‘ziga yarasha bosim o‘tkazdi.
Eden Azar kuni kecha Mikel Arteta jamoasi taklifini qabul qilmasligini bildirdi. Sport France nashri uning bu qarorga kelishiga “Arsenal” o‘zining sobiq jamoasiga ashaddiy raqibligi asosiy sabab bo‘lgan.
Belgiya terma jamoasi etakchisining “Real”dagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti kelasi mavsum ham klub tarixidagi eng qimmat transfer sohibiga ishonch bildirmoqchimas. Azarning o‘zi Madridda qolishini ta’kidalagan.
Fikrlar