Azar oxiri yorildi

  • 5 iyun, 2022, 15:42
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eden Azar har doim "Real"da o‘ynashni orzu qilganini aytdi. 

"Bilasizmi, bu klubga o‘tish faoliyatimning cho‘qqisi. Dunyoning eng yaxshi jamoasiga ajoyib formada bordim. Biroq hamma muvaffaqiyatsiz boshlandi. Men biroz xafa bo‘ldim va hafsalam pir bo‘ldi. Juda yomon lahzalarni boshimdan o‘tkazdim. Shunlay bo‘lsa-da vaziyat u qadar dahshatli emas. 

Men yaxshi insonlar bilan tanishdim. Eng zo‘rlari bilan birga to‘p tepdim. Shartnomamda yana ikki yil bor. Ayni vaqtda menda optimal darajamga etish uchun barcha sharoitlar mavjud. 

Murabbiy mening yana ikki yil shartnomam borligini biladi. Ilk 3 mavsum yaxshi o‘tmadi. Hammaga nima qila olishimni ko‘rsatmoqchiman. "Real"da o‘ynash - asosiy maqsadim. Mening oilam bu erda har doim baxtli va hozir ham shunday", - dedi belgiyalik vinger.  

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!