Azar "Real"da 2 ta raqamdan birini tanlashi mumkin. Ular qaysi raqamlar?

  • 8 iyul, 2019, 00:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Mavsumlar oralig‘ida "Real" Madridga kelib qo‘shilgan vinger Eden Azar hali ham o‘zi uchun raqam tanlamadi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra belgiyalik futbolchi katta ehtimol bilan ayni damda Mariano Diasga tegishli bo‘lgan 7-raqani oladi. Ta’kidlash kerakki ushbu raqamda “qirollik klubi”da Emilio Butrageno, Raul va Krishtianu Ronaldu kabi mashhur to‘purarlar harakat qilishgan.

Bundan tashqari agar Garet Beyl jamoadan ketadigan bo‘lsa, Azarda 11-raqamni olish imkoniyati ham paydo bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Azar bundan avval “Chelsi”dagi faoliyati davomida 10-raqamda to‘p surgan. Biroq, Luka Modrich “Real”da ushbu raqamni bermoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
08/07/2019 06:47
11 рақамига тегишмасин игор сергеив боради яқин келажакда
&
S.M.I.D
08/07/2019 01:10
6-рақамни берила Остон Уринов кетдику????????????