
Azar "Real"da 50-raqamda debyut qildi. U butun mavsumni shu raqamda o‘tkazmoqchimi?
Mavsumlar oralig‘ida “Chelsi”dan “Real”ga ko‘chib o‘tgan vinger Eden Azar bugun “Bavariya”ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazdi.
E’tiborlisi, belgiyalik futbolchi ushbu bahsda kutilmaganda 50-raqamli libosda harakat qildi. Gap shundaki, bungacha u “Real”da 7- yoki 23-raqamni tanlashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda Azar yangi mavsumni 50-raqamda o‘tkazmaydi, u shunchaki AQShlik astronaftlarning Oyga qo‘nganiga 50 yil to‘lganiga bag‘ishlab shu raqamda o‘ynashni tanlagan.
Eslatib o‘tamiz, “Real” Azarni “Chelsi”dan 100 mln evro evaziga sotib oldi. Biroq, bu mablag‘ kelajakda beriladigan bonuslar hisobiga yana 45 mln evroga ortishi mumkin. Azar madridliklar bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Fikrlar