
Azar va Benzema eng yaxshi penaltistlar. Ronaldu va Messichi?
Dunyoga mashhur Marca nashri top futbolchilar orasida eng yaxshi penalti tepuvchilar reytingini tuzib chiqdi.
Reytingning eng yuqori ikki pog‘onasidan "Real" Madrid futbolchilari - Eden Azar va Karim Benzema joy oldi. Kuchli uchlikni esa “qirollik klubi”ning sobiq forvardi Krishtianu Ronaldu yakunlab berdi. E’tiborlisi, "Barselona" hujumchisi Lionel Messi 9-o‘rinda qayd etildi.
1. Eden Azar, "Real" (golga aylantirish koeffitsienti - 88%);
2. Karim Benzema, "Real" (golga aylantirish koeffitsienti - 88%);
3. Krishtianu Ronaldu, "Yuventus" (golga aylantirish koeffitsienti - 85%);
4. Xarri Keyn, "Tottenxem" (golga aylantirish koeffitsienti - 84%);
5. Luis Suares, "Barselona" (golga aylantirish koeffitsienti - 82%);
6. Muhammad Saloh, "Liverpul" (golga aylantirish koeffitsienti - 81%);
7. Neymar, PSJ (golga aylantirish koeffitsienti - 80%);
8. Serxio Aguero, "Manchester Siti" (golga aylantirish koeffitsienti - 78%);
9. Lionel Messi, "Barselona" (golga aylantirish koeffitsienti - 77%);
10. Antuan Grizmann, "Barselona" (golga aylantirish koeffitsienti - 68%).
Fikrlar