Azar: Zidan tufayli futbolga qiziqqanman

  • 16 iyun, 2019, 15:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubiga ko‘chib o‘tgan belgiyalik vinger Eden Azar yangi ustozi Zinedin Zidan haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Men Zidan tufayli futbolni yoqtirib qolganman. Belgiyada yashagan paytlarim, aynan uni deb Frantsiya terma jamoasiga muxlislik qilardim. U bilan bog‘liq xotiralarim uning “Bayer” darvozasiga urgan goli bilan bog‘liq. Endi esa men uning qo‘l ostida o‘ynayman va bu menga o‘zgacha hissiyotlarni beradi”, - deydi Azar.

Ta’kidlash kerakki, Azar yuqoridagi intervyusida Zidanning 2001/2002 yilgi mavsum EChL finalida “Bayer” darvozasiga kiritgan golini nazarda tutgan. Qayd etish lozimki, ushbu gol The Guardian nashri tomonidan musobaqa tarixidagi eng chiroyli gol deb topilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!