
Azarning taqdimotida "Real" muxlislari "biz Mbappeni xohlaymiz!" deya hayqirgan
"Marca"ning xabar berishicha, Azarning taqdimot marosimida, "Santyago Bernabeu"ga kelgan muxlislar "biz Mbappeni xohlaymiz!" deya hayqirishgan.
Avvalroq, PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoani o‘zgartirishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Parijliklar bilan 20 yoshli hujumchining shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi. Bugungi kunda frantsiyalik futbolchining transfer narxi 200 million evroni tashkil qiladi. Azarning transfer qiymati esa 100 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar