Azimov va Farhodovning gollari "Andijon"ga g‘alaba keltirdi
Dukentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlagan “Andijon” klubi Qibraydagi tabiiy maydonda “Paxtakor” U-21ga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazdi.
Avvaliga 8 yanvar kuniga “Bunyodkor-Farm” bilan o‘yin rejalashtirilgandi. Biroq bu o‘yin sun’iy maydonda o‘tkazilishi “Andijon” ustozining rejasidan o‘rin olmagani sababli raqib o‘zgartirildi. Natijada Qibraydagi tabiiy maydonda Oybek Usmonxo‘jaev “Paxtakor” U-21 jamoasiga qarshi maydonga tushishdi.
O‘yin 3:2 hisobida “Andijon”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, gollarni yangi futbolchilar – Bobur Farhodov (2 ta) va Sardor Azimov kiritishdi.
“Andijon” tarkibi: Eldor Adhamov, Islom Mamatkazin, Ahmadjon Anvarov, Ilhom Alijonov, Abduvohid G‘ulomov, Ilhom Abdug‘aniev, Muhammadkarim Toirov, Farhod Sohibjonov, Suhrob Berdiev, Malikshoh Rasulov, Shahboz Erkinov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Ibrohim G‘anixonov, Sardor Azimov, Bobur Farhodov, Shoxruh Mahmudxojiev, Farhod Bekmurodov, Abdurahmon Komilov, Alisher Jo‘raboev, Abdulatif Oybekov, Asilbek Aysarov, Izzat Abdulxakov, Asad Habibullaev, Sherzod Esonov, Abdulaziz Yusupjonov.
"Paxtakor" U-21 tarkibi: Shaxzod Suyunov, Islom Anvarov, Muxriddin Fazliddinov, Diyor Ortiqboev, Bekzod Ne’matov, Asad Beglarxonov, Dilshod Abdullaev, Javohir Baxtiyorov, Akbar O‘ktamov, Nodir Habibullaev, Saidumar Saidnurullaev.
Gollar: Bobur Farhodov (dubl), Sardor Azimov – Diyor Ortiqboev, Nurlan Ibragimov.
Fikrlar