
Aziz G‘aniev to‘liq harakat qilgan o‘yinda "Shabab Al-Ahli" "Sharja" bilan durang o‘ynadi
Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 14-turidan o‘rin olgan "Sharja" va "Shabab Al-Ahli" jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Mazkur bellashuvda jamoalari 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Dubayliklar safida harakat qilayotgan legionerimiz Aziz G‘aniev asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat qildi.
Ma’lumot uchun, "Shabab Al-Ahli" ayni damda turnir jadvalida 29 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "Sharja" hisobida 28 ochko mavjud.
Fikrlar