Azizbek ertaga navbatdagi nokaut uchun jang qiladi

  • 24 mart, 2017, 20:20
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boks janglarida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Azizbek Abdug‘ofurov (5-0-0, 4 KO) Singapurdagi boks kechasida ringga ko‘tariladi.

Tecno
 

O‘zbekistonlik bokschi professional ringda faqat kuchli raqiblar bilan jang qilib kelmoqda. Hamyurtimiz faoliyati davomida Evropa va Osiyo davlatlarining tajribali bokschilarini mag‘lubiyatga uchratdi. Endi Azizbek professional boks maktabi yuqori darajada rivojlangan Lotin Amerikasi vakiliga qarshi ringga chiqadi.

Azizbek Abdug‘ofurovga bu galgi raqibi - argentinalik Martin Fidel Rios professional boks bo‘yicha Argentina chempioni, WBC va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha Lotin Amerikasi chempionidir.

O‘z vazn toifasida Argentinaning birinchi raqamli bokschisi faoliyatini 2012 yilda boshlagan va jami 35 ta jang o‘tkazgan. Rios shu kungacha 21 ta jangda zafar quchgan, 11 marta raqiblarini nokautga uchratgan va to‘rtta uchrashuvda durang qayd etgan.

Azizbek Abdug‘ofurov va Martin Fidel Rios o‘rtasidagi bellashuv 10 raundlik reyting jangi bo‘ladi.

Azizbek Abdug‘ofurov bo‘lajak jangga Qudratillo Abduqahhorov bilan birga Filippinda hozirlik ko‘rdi va bu gali uchrashuvda ham bokschilarimizdan ishonchli g‘alaba va nokaut kutamiz.

 

 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!