Azizbek Turg‘unboev boshqalardan yaqqol ustun

  • 19 dekabr, 2020, 11:55
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” klubi matbuot xizmati "Superliga – 2020"dagi statistik ma’lumotlarni taqdim etishda davom etmoqda. Bu safar raqiblar darvozasiga urilgan gollarning mualliflariga to‘xtalamiz.

Xabaringiz bor, yakunlangan mavsumda “Navbahor” raqiblar darvozasiga 24 ta to‘p kiritdi. Ushbu gollar "lochinlar"ning 7 nafar futbolchisi tomonidan urildi. Shuningdek, "Navbahor" jamoasi hisobiga bitta avtogol ham yozilgan (“Surxon” himoyachisi Asror G‘ofurov o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ygan).

Yakunlangan mavsumda “lochinlar”ning mahoratli yarim himoyachisi Azizbek Turg‘unboev raqiblar darvozasiga 8 ta to‘p kiritgan holda, jamoa to‘purariga aylandi. O‘z navbatida Azizbek ushbu gollaridan birini 19-turda safarda “Qizilqum”ga kechgan bahsda jarima zarbasidan urgan. Turg‘unboev "Superliga – 2020"da ikki marta dubl qayd etdi.

To‘rt nafar futbolchi esa 3 tadan golga mualliflik qildi. Jumladan, Azimjon Ahmedov 3 ta golidan ikkitasini penaltidan urdi.

“Navbahor”ning yakunlangan mavsumdagi gollar mualliflari ro‘yxati esa quyidagicha:

Azizbek Turg‘unboev – 8 ta.

Azimjon Ahmedov, Ruslan Bolov, Ivan Solovyov va Zabihillo O‘rinboev – 3 tadan.

Igor Golban – 2 ta.

Mirzohid G‘ofurov – 1 ta.

Asror G‘ofurov (“Surxon”, avtogol).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Нуъмонжон Хасанов
19/12/2020 00:36
Шу ёгона сайт Спорт уз молодце сизларга Навбахор хакида бир хабар булса срази колдирмисизлар Навбахор мухлисиман чем азиядан сизларни сайтларингни купро кузатаман Бекзод укам ишлашда чарчаманглар ижод давоми булсин газни босинглар