Azmun Rossiyaga qaytadimi?

  • 05.02.2023 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bayer”ning eronlik hujumchisi Sardor Azmun yana Rossiya premer-ligasiga qaytishi mumkin. Buni futbolchining agenti Armand Durn inkor etmadi.

“Sardor Rossiyaga qaytishni istamaydi? Yo‘q, bu yolg‘on”, - dedi Durn.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli Azmun bungacha Rossiya premer-ligasining “Rubin” va “Zenit” klublarida uzoq yillar to‘p surgan.

Azmun joriy mavsum “Bayer” safida jami 13 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo birorta ham gol ura olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!