
BAA chempionati. Abdullaev jamoasidan irodali g‘alaba, "Shabab Al-Ahli" esa mag‘lubiyatga uchradi
BAA chempionati doirasida "Xorfakkan" "Al-Vahda"ni o‘z maydonida qabul qilib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur bahsda Abdullaev to‘liq harakat qilib, sariq kartochka oldi va 6.6 ball to‘pladi.
"Shabab Al-Ahli" - "Al-Vasl" o‘yini esa 1:2 hisobida o‘z yakuniga etdi.
Dastlab, mezbonlar hisobni ochishiga qaramay Seferovich va Kaolar bittadan javob berib, mehmonlar kambek qilishga muvaffaq bo‘ldi. G‘aniev esa ushbu bahsda 90 daqiqa harakat qilib, bitta sariq kartochka olishga ulgurdi. Shuningdek, yarim himoyachining o‘yini 6.8 ballga loyi ko‘rildi.
Ushbu bahslardan so‘ng turnir jadvalida "Shabab" 3, "Xorfakkan" esa 6-o‘ringa joylashdi.
Fikrlar