
BAA chempionati. Durang o‘ynagan "Shabab Al-Ahli" ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi
Birlashgan Arab Amirliklari chempionatiningi 5-turidan o‘rin olgan "Al-Vahda" va "Shabab Al-Ahli" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga etdi. Mazkur bahsda jamoalar 0:0 hisobida nursiz durang qayd etdi.
Dubayliklar safida harakat qilayotgan legionerimiz Aziz G‘aniev asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Ma’lumot uchun, "Shabab Al-Ahli" ayni damda 11 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar