BAA chempionatida Otabek Shukurov va Aziz G‘aniev dueli bo‘lib o‘tdi

  • 1 dekabr, 2020, 00:33
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 8-turida biz uchun ahamiyatli o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda Otabek Shukurov to‘p tepayotgan "Sharja" o‘z maydonida Aziz G‘aniev faoliyat yuritayotgan "Shabab Al-Ahli" klubini qabul qildi.

Tecno

Qiziqarli kechgan bahsning birinchi bo‘limida mezbonlar vakili Igor Koronado penaltidan hisobni ochdi. Ikkinchi taymda esa, mehmonlar futbolchisi Yusuf Jobir oradagi farqni yo‘qqa chiqarib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi 1:1.

Otabek Shukurov uchrashuvda to‘liq o‘ynadi, Aziz G‘aniev 90-daqiqada almashtirildi.

EoGCPEMXcAkyTyp

EoFwJKJW8AElbuY

EoGBE_OXMAI2hoh

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!