BAA ham xuddi O‘zbekiston kabi forslardan ozor chekib keladi

  • 9 sentabr, 2024, 14:47
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon Chempionati saralashi Osiyo mintaqasi 2-turidan o‘rin olgan bahslar start olish arafasida. BAA - Eron terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin ertaga 21:00'da start oladi. 

Ta’kidlash kerak, ushbu termalar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarda ustunlik yaqqol forslar tomonida. Ular jami 19 bora to‘qnash kelgan bo‘lsa, shularning 15 tasida Eronning qo‘li baland kelgan. Bitta bellashuvda BAA ustun kelgan bo‘lsa, yana 3 bellashuvda tomonlar murosa ko‘chasini tanlagan. 

Qiziqarli tomoni, Eron bilan bellashuvlarda O‘zbekiston ham xuddi BAA kabi bir marotaba zafar quchib, 3 bora durangga imzo chekkan. Faqatgina bizda mag‘lubiyatlar soni 9 tani tashkil etadi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh saralashi 3-bosqichi doirasida 10 oktyabr kuni Eron, 15 oktyabr kuni esa Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi maydonga chiqadi.

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
09/09/2024 17:08
Бу сафаф БАА дуранг уйнайди Эрон билан.Бизга бу яхши.Гурухда пешкадам буламиз Киргизияни ютсак.Иншааллох.Олга,"Ок бурилар".