Badiiy gimnastikachilarimiz litsenzion jahon chempionatida ishtirok etishadi
12-16 avgust kunlari Germaniyaning Frankfurt shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan 350 nafarga yaqin eng kuchli sportchilarni o‘zida jamlaydigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishadi.
Ahamiyatlisi, mazkur dunyo birinchiligida Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlarining dastlabki yo‘llanmalari o‘ynaladi. Dasturga ko‘ra, ham yakkalik, ham guruh mashqi dasturlarida dastlabki uch o‘rinni egallagan sportchi va jamoalar Olimpiada litsenziyalariga ega chiqishadi. Dunyo birinchiligida quyidagi 7 nafar sportchimiz sovrinli o‘rinlar va Olimpiada yo‘llanmalari uchun kurash olib borishadi:
Yakkalik:
– Takhmina Ikromova.
Guruh mashqi:
– Evelina Atalyans;
– Mumtoza Is’hoqzoda;
– Amaliya Mamedova;
– Yasmina Mkrticheva;
– Yuliya Valevataya;
– Tamila Ziganshina.

Fikrlar