
Bahodir Jalolov mashg‘ulotlarga kirishdi (Video)
Tokio Olimpiadasi chempioni, og‘ir vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov yana mashg‘ulotlarga kirishdi. Oldinda Serbiyaning Belgrad shahrida tashkil qilinuvchi jahon chempionati bor. Albatta, bu chempionatda Jalolov ishtirok etadimi yoki yo‘q, bu borada aniq ma’lumotga ega emasmiz.
Biroq, sovrindor bokschimiz jiddiy mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan. Albatta, u professional boksda ham faoliyat olib boradi. Uning rejalari qanday tez orada ma’lum bo‘ladi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar