Bahodir Jalolovning vaznida yangi chempion aniqlandi!
Angliyaning London shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Kechaning markaziy to‘qnashuvida hali 22 yoshga ham to‘lmagan Mozes Itauma og‘ir vaznda IBF chempionligi uchun xorvatiyalik Filip Hrgovichga qarshi ringga ko‘tarildi.
9 raund davomida angliya vakili katta ustunlik bilan harakat qildi, hatto 2 raundda Hrgovichni nokdaun holatiga solishni ham uddaladi. Biroq to‘qqizinchi raundda barchasi butunlay o‘zgarib ketdi.
Filip tomonidan yo‘llangan og‘ir zarbalar ketma-ketligigidan so‘ng, Mozes muvozanatini yo‘qotdi va ring burchagiga suyanib yiqildi. Hakam esa shu zahoti jangni to‘xtatdi.

Shu tariqa Hrgovich IBF chempionligini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov IBF ning og‘ir vazn toifasi reytingida 6 o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar
чемпион булишинг керак, рекламачи эмас